Putinning shoshilinch murojaat yo‘llashi bo‘yicha xabarlar tarqaldi
Tarmoqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning shoshilinch murojaat yo‘llashi bo‘yicha xabar tarqaldi.
Biroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin tomonidan rejalashtirilgan favqulodda murojaat haqidagi ma’lumotni rad etdi, deb yozadi «TASS».
Bu haqdagi ma’lumotlar 25-iyun kuni, Rossiya prezidenti borligi aytilgan hukumat korteji Kremlga yetib kelgani haqidagi xabarlardan keyin paydo bo‘ldi.
«Yo‘q, unday emas. Hammasi joyida», deb izoh berdi Peskov va favqulodda uchrashuvlar va murojaatlar rejalashtirilmaganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Putin kuni kecha Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan yadro qurollari borasida gaplashgandi.
Kremlga yaqin tahlilchilarga ko‘ra, Putin NATOning bo‘lajak sammiti oldidan Sharqiy Yevropada yadro urushidan ogohlantirgan. Shuningdek, Rossiya rahbari Belarusga «Iskander-M» raketalari yetkazilishini ma’lum qilgan.
Bundan tashqari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevropa Ittifoqi va NATO Rossiya bilan urushish uchun koalitsiya yig‘ayotgani bo‘yicha bayonot bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter