Putin va Zelenskiy G20 sammitida ko‘rishadimi?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida ishtirok etish taklifini qabul qildi. Bu haqda Bloomberg agentligi Indoneziya prezidenti Joko Vidodoga tayanib xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Rossiya prezidentini shu yilning noyabriga mo‘ljallangan sammitga taklif qilgan. Har ikki siyosatchi taklifni qabul qilgan.
«Men (maxsus operatsiya) tez orada muzokaralar yo‘li bilan yakunlanishi, tinch yo‘l bilan yechim topishiga umid bildirdim», dedi Vidodo o‘z chiqishida.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Vladimir Zelenskiy G20 sammitiga taklif olganini o‘zining Twitter’ida ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter