Putin uzoq kutilgan hujum boshlanganini e’lon qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning qarshi hujumi boshlanganini va bunga strategik zaxiralardan foydalanish dalil ekanini aytdi.
Bu haqda TASS xabar bermoqda.
«Biz mutlaqo aniq ayta olamizki, Ukraina qarshi hujumi boshlandi va bu strategik zaxiralardan foydalanishdan dalolat beradi», dedi prezident.
Avvalroq Britaniya shtabi sobiq rahbari Richard Dannat BBC nashriga bergan intervyusida Ukraina harbiylari Rossiya armiyasi mudofaa chizig‘ida zaif tomonlarni qidirayotganini aytgan.
Dannatning so‘zlariga ko‘ra, Kaxovka GESi vayron bo‘lganidan keyin yuzaga kelgan suv toshqinlari tufayli Ukraina Qurolli kuchlari Xerson orqali Qrimga o‘ta olmaydi. Shu munosabat bilan qarshi hujum kutilganidan sekinroq boshlanadi. Ukraina qurolli kuchlari G‘arb tanklari va boshqa harbiy texnikasi bilan Rossiya pozitsiyalariga hujum qilish niyatida, deydi general.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter