Putin urush boshlangandan beri ilk marta xorijga chiqadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, 28 iyun kuni bir kunlik rasmiy safar bilan Dushanbega boradi. Bu Ukrainada urush boshlanganidan beri uning ilk xorij safaridir.
Tojikiston hukumatiga ko‘ra, prezidentlar Vladimir Putin va Emomali Rahmon yuzma-yuz uchrashadi, kengaytirilgan muzokaralar o‘tkazilmaydi. Putin va Rahmon ikki tomonlama hamkorlik masalalarini va Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilishi kutilyapti.
Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Rossiya prezidenti Ashxobodda o‘tadigan Kaspiybo‘yi davlatlari sammitiga ketayotib Dushanbega yo‘l-yo‘lakay qo‘nib o‘tadi.
Shundan so‘ng Ashxobodga yo‘l oladi. Bu yerda u Ozarbayjon, Qozog‘iston, Eron va Turkmaniston yetakchilari bilan sammitda ishtirok etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter