Putin Ukrainaga g‘alati ayb qo‘ydi

Rossiya rahbarining aytishicha, noyabr oyida AQShda prezidentlik saylovi kampaniyasi boshlanadi. Bu vaqtga kelib, Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaning qarshi hujumidan natijalar kutadi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, amerikaliklar «ukrainlarni urushni davom ettirishga undamoqda, chunki ular ukrainaliklarga achinishmaydi». Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina rahbariyati ham o‘z aholisiga achinmaydi, ular «odamlarini o‘choqqa tashlab» urushni cho‘zishmoqda.
Putin, agar Vashington tinchlik istasa, Kiyevni muzokaralarga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishga ko‘ndirishi kerakligini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujumni davom ettirayotgan bir paytda Rossiya harbiy harakatlarni to‘xtata olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya bu urushda ko‘proq odam yo‘qotayotgani aytilgandi. Umumiy yo‘qotishlari 300 mingga yaqinlashayotgani: 120 ming kishi halok bo‘lgani va 170-180 ming kishi yaralangani qayd etilgandi. Ukraina esa 70 minggacha askarini yo‘qotgan va 100-120 ming nafari yaralangan.
CNN manbasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina urushini 2024 yilgi AQSh prezidentlik saylovlarida Donald Tramp g‘alaba qilgunga qadar cho‘zmoqchi ekani ham xabar qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter