Putin Snoudenga Rossiya fuqaroligini berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik Edvard Snoudenga Rossiya fuqaroligini berdi. Tegishli farmon huquqiy axborot internet-portalida e’lon qilindi.
Edvard Snouden — AQSh maxsus xizmatlari davlat rahbarlari va internet foydalanuvchilarini kuzatib borishi haqidagi maxfiy ma’lumotlarni 2013-yilda e’lon qilib tanilgan shaxs. O‘zi ham ham AQSh maxsus xizmati (Milliy xavfsizlik agentligi)da ishlagan. Shundan so‘ng u ta’qibdan qochib avval Gonkongga, keyin Rossiyaga qochgandi. Salkam o‘n yildan buyon Rossiyada yashab kelmoqda.
O‘sha paytlarda Putin Snoudenni sotqin hisoblamasligini, biroq qilgan ishini oqlamasligini ma’lum qilgandi.
Yuqoridagi farmon asosida, Snoudendan tashqari, 70 dan ziyod xorijlikka ham Rossiya fuqaroligi berildi.
Ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savol: Snouden qisman safarbarlikka chaqiriladimi?
«Yo‘q, chunki u ilgari Rossiya armiyasida xizmat qilmagan», — deb javob berdi Snoudenning advokati Anatoliy Kucherena.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter