Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Samarqanddagi ShHT sammitida ishtirok etadi

Putin Samarqanddagi ShHT sammitida ishtirok etadi

Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ning Samarqand sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin shaxsan ishtirok etadi. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

«Putin haqiqatan ham Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Biz juda muhim va o‘ziga xos nufuzli tadbirni kutyapmiz. Darhaqiqat, RF prezidenti sammit doirasida bir qancha muhim xalqaro aloqalarni rejalashtirmoqda», – degan Peskov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 va 16-sentyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida tashkilotga a’zo davlatlar, xususan, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning yetakchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

Eron va Belarus esa tashkilotga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring