Putin Rossiya yuanga o‘tishga tayyorligini ma’lum qildi
Rossiya Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlari bilan tashqi savdo hisob-kitoblarida yuanga o‘tishni qo‘llab-quvvatlaydi, dedi Putin.
Qayd etilishicha, Rossiyaning eksport hisob-kitoblarida yuanning ulushi taxminan 16 foizni tashkil qiladi.
Vladimir Putin kengaytirilgan tarkibdagi Rossiya-Xitoy muzokaralari chog‘ida «biz Rossiya va Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari o‘rtasidagi hisob-kitoblarda Xitoy yuanidan foydalanish tarafdorimiz. Ishonchim komilki, yuandagi hisob-kitoblarning bu shakllari rossiyalik hamkorlar va ularning uchinchi mamlakatlardagi hamkasblari o‘rtasida ishlab chiqiladi», — dedi u.
So‘nggi yillarda Rossiya tashqi savdo hisob-kitoblarida dollardan voz kechishga urinmoqda.
Shu sabab 2022 yilda Rossiyaning eksport uchun to‘lovlarida yuanning ulushi 0,5 foizdan 16 foizga, rublning ulushi esa 12 foizdan 34 foizga oshgan, deb xabar beradi mamlakat Markaziy banki. Bu Ukrainaga urush boshlanganidan keyin G‘arb davlatlari tomonidan Rossiyaga qarshi joriy qilingan keng ko‘lamli sanksiyalar fonida sodir bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter