Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin razvedka rahbarini 10 daqiqaga yaqin tanqid qildi

Putin razvedka rahbarini 10 daqiqaga yaqin tanqid qildi

Foto: Azerbaycan 24

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Armaniston atrofidagi vaziyat tufayli Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkinni 10 daqiqaga yaqin tanqid qildi, deb yozdi Rossiya hukumatiga yaqin bo‘lgan «Kremlyovskaya tabakerka» («Kreml tamakidoni») telegram-kanali.

Yerevan iyul oyida bo‘lib o‘tadigan NATO sammitiga o‘z delegatsiyasini Vashingtonga yuborishini tasdiqlagan edi. Sammitda Armaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari darajasida NATO hamkorlari sifatida qatnashadi.

Putinning aytishicha, Tashqi razvedka xizmati Kavkazdagi barcha topshiriqlarni bajara olmayapti va bu, uning fikricha, Narishkinning shaxsiy aybi.

Narishkin NATO sammiti «kam ahamiyatli voqea» ekanligini tushuntirishga urinib ko‘rdi, unga Putin shunday javob berdi: «Biroq Armaniston bizning dushmanlarimiz bilan bir stol atrofida o‘tiradi. Mohiyatan bizning dushmanimiz». Rossiya prezidenti Ozarbayjon prezidenti haqida og‘iz ochmadi, deyiladi telegram-kanal xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Yerevan avvalroq Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan chiqish rejasini e’lon qilgan, Kreml bu qarorni «katta ahmoqlik» deb atagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring