Putin Qrim ko‘prigini kim portlatganini aytdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina maxsus xizmatlarini Qrim ko‘prigidagi teraktning buyurtmachilari va ijrochilari deb atadi. Bu haqda u Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.
Vladimir Putin hodisani Rossiyaning muhim fuqarolik infratuzilmasini yo‘q qilishga qaratilgan terakt deb atadi.
«Qrim ko‘prigining buzilishi Rossiya Federatsiyasining muhim fuqarolik infratuzilmasi ob’yektlarini yo‘q qilishga qaratilgan terroristik harakatdir», – deydi Putin.
Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikinning qo‘shimcha qilishicha, hujumga tayyorgarlikda ulardan tashqari Rossiya va xorijiy davlatlar fuqarolari ham ishtirok etgan. Hozirda tergovchilar jinoyatning maqsad va vazifalarini aniqlashda davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8-oktyabr kuni Rossiyani Qrim yarimoroli bilan bog‘lovchi Kerch ko‘prigida yong‘in yuz bergan yedi.
Ma’lumot uchun, Qrim ko‘prigi Rossiyadagi eng uzun ko‘prik bo‘lib, uning uzunligi 19 kilometrni tashkil qiladi. Avtomobil qismi 2018-yil may oyida foydalanishga topshirilgan. 2019-yil dekabr oyida esa uning temir yo‘l qismi bo‘ylab birinchi poyezdlar harakatlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter