«Putin Prigojin bilan gaplashish befoydaligini aytdi» — Lukashenko
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko «Vagner» rahbari Yevgeniy Prigojin bilan kelishuvi haqida hikoya qilib berdi.
«FSB orqali Davlat xavfsizlik qo‘mitasi generali Tertel hisobot berdi: Prezident Putin aloqaga chiqmoqchi. Soat to‘qqiz yarimda u uchun qulay vaqtda gaplashish uchun kelishib oldik.
Soat 10.10 da Putin qo‘ng‘iroq qilib, Rossiyada bo‘layotgan vaziyat haqida menga batafsil ma’lumot berdi», dedi Lukashenko.
«Tushundim: shafqatsiz qaror qabul qilindi (bu Putinning nutqidagi gaplardan bilib olish mumkin edi). Putinga shoshilmaslikni taklif qildim.
Keling, Prigojin bilan, uning komandirlari bilan gaplashaylik, deya taklif qildim. U menga shunday dedi: «Quloq sol, Sasha, bu befoyda. U hatto telefonni ham ko‘tarmaydi, hech kim bilan gaplashishni istamaydi».
Bundan tashqari, Lukashenko Prigojin bilan qanday muzokara qilganini aytdi:
«Men so‘radim: «U qayerda?» - «Rostovda».
«Yaxshi. Yomon tinchlik har qanday urushdan yaxshiroqdir. Shoshilma. Men u bilan bog‘lanishga harakat qilaman».
U yana bir bor qaytardi: «Bu befoyda». Men aytdim: «Yaxshi, kuting».
Lukashenkoning aytishicha, u Prigojin bilan bog‘lanishda qiynalmagan. «Vagner» rahbari qo‘ng‘iroqqa tezda javob bergan, ammo o‘rtadagi suhbat biroz asabiy boshlangan. Lukashenkoga ko‘ra, Prigojin qo‘pol leksikadan foydalangan, ammo oxirida Belarus rahbaridan uzr so‘ragan.
«Men unga Putin u bilan gaplashmasligini, qo‘shinlar tayyorligini, yarim yo‘lda ularni hasharot kabi ezg‘ilab tashlashlari mumkinligini aytdim. Prigojin eyforiyada edi, Moskvagacha borishini aytdi. Unga harbiy brigada Moskvaga borishga tayyorligini, poytaxtni himoya qilishimizni aytdim»-,deydi Lukashenko.
Shuningdek, Belarus prezidenti Prigojinning mamlakatga kelganini rasman tasdiqladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter