Putinning qayta saylanganidan keyingi ilk tashrifi G‘arbga emas, Sharqqa bo‘ladi
![Putinning qayta saylanganidan keyingi ilk tashrifi G‘arbga emas, Sharqqa bo‘ladi](https://static.xabaruz.com/crop/1/8/720_460_95_1817514578.jpg)
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi prezidentlik muddati davomida ilk tashrifini amalga oshiradigan davlat sifatida Xitoyni tanlashi mumkinligini aytdi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.
Bu Putinning parlament fraksiyalari rahbarlari bilan uchrashuvida muhokama qilindi. Rossiya rahbari Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi rahbari Gennadiy Zyuganovning istaklarini inobatga olishga va’da berdi.
«Umid qilamanki, sizning birinchi tashrifingiz G‘arbga emas, Sharqqa bo‘ladi. O‘rtoq [Хитой раҳбари] Si Szinpin tashrifingizni kutmoqda, u mamlakatimizni juda yaxshi ko‘radi», — dedi Zyuganov prezidentga murojaat qilib.
«Men, albatta, hech qanday hazilsiz, aytganlaringizni inobatga olaman», deb javob bergan Putin.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Putin katta farq bilan g‘alaba qozondi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter