Putin mehnat migrantlariga taalluqli yana bir ko‘rsatma berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin chet elliklar va mehnat muhojirlari uchun pullik asosda COVID-19 ga qarshi emlashni amalga oshirishni buyurdi. Davlat rahbari Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi yakunlari bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi, deb xabar beradi TASS 27-iyun, yakshanba kuni.
Qayd etilishicha, 30-iyungacha Putin mamlakatda chet elliklar uchun koronavirusga qarshi pullik emlashni amalga oshirish imkoniyatini ta’minlash hamda 15-iyulga qadar esa mehnat muhojirlarini emlash kampaniyasini tashkil etish to‘g‘risida hisobotni kutmoqda.
15-iyun kuni Vladimir Putin muhojirlarning Rossiya Federatsiyasi hududida sanksiyalarisiz vaqtincha bo‘lish muddatini uzaytirishni ma’qulladi. Imzolangan farmonga binoan, qonunbuzarliklar bo‘lmasligi sharti bilan chet elliklar 30-sentyabrga qadar chiqarib yuborilmaydi. Qamoqdan ozod qilingan shaxslar, Rossiya davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchilar, shuningdek milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi shaxslar bundan mustasno.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter