Putin MDH rahbarlarini yangi yil oldi Sankt-Peterburgda kutishini aytdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari rahbarlarining Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan yangi yil oldi norasmiy uchrashuvini e’lon qildi. Bu haqda u Bishkekda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) sammitida ma’lum qildi.
«Bugungi ishimizdan tashqari, sizga eslatib o‘tmoqchimanki, biz sizni MDH davlatlari rahbarlarining Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan yangi yil oldidan kelishilgan norasmiy uchrashuvida kutamiz», – deydi Rossiya rahbari.
Ma’lumot uchun, 9-dekabr kuni ertalab Bishkekda YeOII sammiti boshlangan edi. Unda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iziston rahbarlari ishtirok etmoqda. Davlat rahbarlari «Ala-Archa» qarorgohida yig‘ilgan.
O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ham YeOII sammitida kuzatuvchi davlat vakili sifatida ishtirok etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter