Putin kutilmaganda Xerson viloyatiga bordi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin kecha, 17 aprel kuni Dnepr qo‘shinlari guruhining Xerson yo‘nalishidagi qarorgohiga tashrif buyurdi. Bu haqda Kreml saytida xabar berilgan.
Davlat rahbari shtabda Havo-desant qo‘shinlari qo‘mondoni, general-polkovnik Mixail Teplinskiy, Dnepr kuchlari guruhi qo‘mondoni, general-polkovnik Oleg Makarevich, shuningdek, boshqa harbiy rahbarlarning hisobotlarini tinglagan.
Putin Ukrainaning egallab olingan Xerson viloyatiga birinchi marta tashrif buyurdi. Avvalroq u mart oyida Mariupolga borgandi.
Ma’lum qilinishicha, Putin Xersonga vertolyotda borgan, shundan so‘ng u mashinada bir necha tumanlarni aylanib chiqqan.
Ushbu tashrif bugunga qadar sir tutildi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning bu safari dastlab rejalashtirilmagani va o‘z-o‘zidan sodir bo‘lganini aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter