Putin Indoneziyadagi G20 sammitiga bormaydi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-16 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga bormaydi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qiladi, Kremlning taxminiy qaroriga oid boshqa tafsilotlar hozircha berilmagan.
Kecha, 9 noyabr kuni Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml bir necha kun ichida Putinning G20 sammitiga borish-bormasligini e’lon qilishini aytib, turli formatlar muhokama qilinayotganini aytgan edi.
G20 sammiti 15-16 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda boshqalar qatorida AQSh prezidenti Jo Bayden ham ishtirok etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter