Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin yil hisobidan ilk xorijiy safariga chiqdi

Putin yil hisobidan ilk xorijiy safariga chiqdi

Vladimir Putin Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahriga bordi. Bu Rossiya rahbarining joriy yildagi ilk xorijiy safari bo‘lib, u MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi.

12 oktabr kuni erta tongda Vladimir Putinning samolyoti Bishkek aeroportiga qo‘ndi. Rossiya rahbarini Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov kutib oldi.

Rasmiy tashrif doirasida Rossiya prezidenti Sadir Japarov bilan muzokaralar olib boradi, shuningdek, MDH sammitida ishtirok etadi.

Davlat rahbarlarining Kant shahrida KXShT aviabazasi ochilganining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring