Putin boksni tashlashiga sabab bo‘lgan yoqimsiz voqeani esladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin burnini sindirishganidan so‘ng boks mashg‘ulotlarini tashlab, kurashga ketgan. Bu haqda davlat rahbari «Rossiya-1» telekanali efirida aytib o‘tdi.
«Uchinchi yoki to‘rtinchi mashg‘ulotda burnimni sindirishgan», — deb eslaydi Putin Kremlda Olimpiya sportchilari bilan suhbatda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, garchi burni chidab bo‘lmas darajada og‘riyotgan bo‘lsa-da, o‘shanda shifokorga uchramagan. Keyinchalik bo‘lajak prezident burni singanini bilib qolgan.
Avvalroq Xalqaro sambo federatsiyasi (FIAS) rahbari Vasiliy Shestakov Putin ko‘p qirrali shaxs ekanligini aytgandi. Shestakov uning siymosida jang san’ati «buyuk sportchi»ni yo‘qotganini tan olgan.
Rossiya prezidenti dzyudo va sambo bo‘yicha sport ustasi, shuningdek, «sambo bo‘yicha Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy» unvoniga va Xalqaro suzish federatsiyasining ordeniga ega. Kreml saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Putin tog‘ chang‘isi va hokkeyni ham yaxshi ko‘radi. Rossiya yetakchisi faol dam olishni afzal ko‘radi — baliq ovlash, ot minish, daryoda suzish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter