Putin Belarusda yadroviy qurollarni joylashtirish rejasini e’lon qildi
Shu yilning 1 iyul kuni Rossiya Belarus hududida taktik yadroviy qurollarni saqlash ombori qurilishini yakunlaydi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Rossiya 24» telekanali efirida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat hududida Rossiyaning taktik yadroviy qurollarini joylashtirish masalasini anchadan beri ko‘tarib kelgan. Putinning ta’kidlashicha, Rossiya Belarusga qurol bermaydi, balki o‘zinikini bu mamlakat hududiga qo‘yadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Lukashenko bilan mazkur masala bo‘yicha muzokaralar olib borishiga Buyuk Britaniyaning Ukrainaga kuchsizlantirilgan uranli snaryadlarni yetkazish to‘g‘risidagi e’loni ham sabab bo‘lgan.
Putin Belarus hududida yadro qurolini joylashtirishda Rossiya Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini buzmasligini ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter