Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin aybdor: Bayden AQShda oxirgi 40 yilda kuzatilgan inflyasiyani izohladi

Putin aybdor: Bayden AQShda oxirgi 40 yilda kuzatilgan inflyasiyani izohladi

Foto: «LIGA.net»

Rossiyaga qarshi sanksiyalar AQShda misli ko‘rilmagan inflyasiyaga olib keldi, deb ta’kidladi prezident Jo Bayden. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

«Inflyasiya haqidagi bugungi hisobot amerikaliklarning hamyonlari narxlarning oshishi ortidan bo‘shayotgani, oilalar putinchasiga narx oshishining oqibatlarini his etayotganini anglatadi. Shu oydagi inflyasiyaga benzin va energiya manbalari narxlarining oshishi juda katta turtki bo‘ldi, negaki bozorlar Putin agressiyasiga o‘z munosabatini bildirdi», — dedi Bayden.

AQSh prezidenti iqtisodiy qiyinchiliklar g‘ayrirossiyaviy sanksiyalar bilan bog‘liqligiga iqror bo‘lgan holda, bu Rossiyaga yanada qimmatga tushishiga va’da berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring