Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Minglab qurbonlar» — Prigojin yana shov-shuvli bayonot berdi

«Minglab qurbonlar» — Prigojin yana shov-shuvli bayonot berdi

«Vagner» xususiy harbiy shirkati bo‘linmalari Baxmut uchun janglarda 20 mingga yaqin odamni yo‘qotdi, ularning yarmi mahbuslar edi, — dedi Yevgeniy Prigojin.

Prigojinga ko‘ra, umumiy hisobda xususiy harbiy shirkatga 50 ming mahbusni yollangan. Umuman olganda, Artemovsk uchun janglarda kontrakt askarlari bilan birga «vagnerchilar»dan  35 ming kishi qatnashgan.

«Operatsiya davomida men 50 ming mahbusni tanladim, ularning 20 foizi halok bo‘ldi. Bizga shartnoma bo‘yicha kelganlardan ham shuncha odam vafot yetdi», dedi Prigojin.

Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan 50 ming askar halok bo‘ldi, yana 50-70 ming nafari yaralandi, deya qo‘shimcha qildi u. Biroq bu ma’lumot rasmiy tasdiqlangani yo‘q.

Rossiya bu urushdagi yo‘qotishlarni o‘tgan yilning sentyabridan beri ochiqlamaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevgeniy Prigojin qurol-aslaha yetishmayotgani sabab, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovga murojaat qilib, ularni so‘kib tashlagandi. Putinga yaqin tadbirkorning parda ortidagi faoliyati haqida ham ma’lumot bergan edik. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring