«Prezidentlikka saylangan birinchi irqchi»
AQSh prezidentligi uchun kurashayotgan Demokratlar nomzodi Jo Bayden amaldagi davlat rahbari, respublikachi Donald Trampni «prezidentlikka saylangan birinchi irqchi» deb ta’rifladi.
Saylovchilar bilan onlayn-konferensiya chog‘i Baydendan so‘rashdi: «Tramp koronavirusni «Xitoy virusi» yoki «Uxan virusi» deyishiga munosabatingiz qanday?». Bunga javoban siyosatchi prezident «irqchilik urug‘ini qadayotganini» aytdi.
«Uning odamlarni terisining rangiga, millatiga, qayerdan kelganiga qarab ajratishi borib turgan jirkanch holat. Bironta respublikachi-prezident bunday qilmagan. Bironta demokrat-prezident ham. Bizda irqchilar bo‘lgan. Ular prezident (AQShda) bo‘lishga urinib ko‘rishgan. U bu ishni uddalaganlarning birinchisi», — dedi Bayden.
Baydenning so‘zlariga ijtimoiy tarmoqlarda munosabat bildirishdi. Eslatishdiki, AQShning ayrim prezidentlari, xususan, birinchisi — Jorj Vashingtonning o‘z qullari bo‘lgan. 28-prezident-demokrat Vudro Vilson (1913-1921-y.y.) segregatsiya tarafdori (irqiy ayirmachi) bo‘lgani uchun nomi Prinston universiteti qoshidagi maktabdan iyun oyida olib tashlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter