Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentlikka nomzod saylovga to‘rt kun qolganida COVID-19ga chalindi

Prezidentlikka nomzod saylovga to‘rt kun qolganida COVID-19ga chalindi

Foto: «Bolshaya Aziya»

Mo‘g‘uliston prezidentligiga O‘ng saylovchilar koalitsiyasidan nomzod Dangaasurengiyn Enxbat saylovga to‘rt kun qolganida COVID-19 bilan kasallandi. Bu haqda «Sinxua» xabar berdi.

O‘zi va rafiqasi shanba kuni topshirgan test musbat chiqqanini Enxbat «Twitter»da ma’lum qildi. «Ayni paytda izolyasiyadamiz, hozircha kasallik simptomlari kuzatilmadi», — deb yozdi u.

Enxbatning aytishicha, u va rafiqasi ikki komponentli «Sinopharm» (Xitoy) vaksinasining birinchi dozasini olishgan bo‘lgan.

Mo‘g‘ulistonda vaksinatsiya jarayonida «Sinopharm», «Pfizer», «AstraZeneca» va «Sputnik V» vaksinalari qo‘llanilishiga ruxsat etilgan.

Mo‘g‘ulistonda prezidentlik saylovlari 9-iyunga belgilangan. Davlat rahbarligi uchun, shuningdek, yetakchi Xalq partiyasi vakili Uxnaagiyn Xurelsux hamda muxolifatchi Demokratlar partiyasi vakili Sodnomzunduyn Erdene kurashmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring