Poroshenko qayta saylansa yangi raketa dasturini boshlamoqchi
Ukrainaning amaldagi prezidenti Petr Poroshenko lavozimiga qayta saylansa, Ukrainada yangi raketa dasturi amaliyotini boshlamoqchi. Bu haqda mahalliy OAVlarga asoslangan holda «AiF» yozmoqda.
«Yangi davr harbiy raketa dasturini yangilashdan boshlanadi», degan prezident Kiyevda saylovchilar bilan uchrashuvda. Poroshenkoning fikricha, «tinchlik sari yo‘l armiyadagi navbatdagi islohot va yangilanishlarda yotadi».
Eslatib o‘tamiz, 31-mart kuni Ukrainada prezidentlik saylovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Qirq nafardan ko‘proq da’vogarga qaramay, eng yuksak lavozim uchun kurash asosan uch nomzod o‘rtasida kechishi allaqachon oydinlashgan. Bular – aktyor Vladimir Zelenskiy, sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko hamda amaldagi davlat rahbari Pyotr Poroshenkodir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter