Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poltavada uch kunlik motam e’lon qilindi

Poltavada uch kunlik motam e’lon qilindi

Foto: 24 Kanal

Ukrainaning Poltava viloyatida uch kunlik motam e’lon qilindi. Bu haqda Poltava viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Filipp Pronin ma’lum qildi.

«Poltava va butun mamlakat uchun ulkan fojia. Dushmanning makkor zarbasi 41 hayotni olib ketdi. 180 dan ortiq kishi jarohat oldi. Qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardmiz. Ertadan boshlab viloyatimiz uch kunlik motamda», — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqlarda.

Avvalroq Pronin shahar aholisi jarohatlanganlar uchun qon topshirayotganini ma’lum qilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Poltavaga raketa zarbalari berishi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 47 nafarga, jarohatlanganlar soni 206 nafarga yetgan.

Rossiya harbiylari voqea yuzasidan munosabat bildirgani yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring