Polshaga Ukraina mudofaa raketalari borib tushgan – NATO
Polsha hududiga kelib tushgan raketalar Ukraina havo hujumidan mudofaa harakati natijasi bo‘lishi mumkin.
Bu haqda NATO bosh kotibi Stoltenberg ma’lum qilgan.
«Lekin bunda Ukraina tomonining aybi yo‘q. Rossiya Ukrainaga qarshi noqonuniy urushini davom ettirayotgani uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak», – deydi Stoltenberg.
Shuningdek, Polshadagi hodisa qasddan qilingan harakatlar natijasida sodir bo‘lganligi tasdiqlanmagani qayd etildi.
«Polshadagi hodisa qasddan qilingan harakatlar natijasida sodir bo‘lganligi tasdiqlanmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u yerga Ukraina havo hujumidan mudofaa raketalari yetib kelgan», – dedi NATO Bosh kotibi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter