Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Polsha Rossiya va Belarus bilan chegarada tankka qarshi to‘siqlar o‘rnata boshladi (foto)

Polsha Rossiya va Belarus bilan chegarada tankka qarshi to‘siqlar o‘rnata boshladi (foto)

Polsha hukumati Rossiya va Belarus bilan chegaralarda mudofaa to‘siqlarini o‘rnatishga qaror qildi. Bu haqda Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashak xabar berdi.

«Biz Rossiya va Belarus bilan chegarada xavfsizlik choralarini kuchaytirishni boshladik. Bu bizning mudofaa va oldini olish strategiyamizning bir qismidir. Kaliningrad viloyati bilan chegarada birinchi istehkomlar qurilmoqda», – deydi Blashak.

U o‘zining Twitter’dagi sahifasida Polsha-Rossiya va Polsha-Belarus chegaralaridagi nazorat-o‘tkazish punktlari yaqinidagi yo‘lda metall va betondan yasalgan tankka qarshi tipratikanlarni aks ettiruvchi bir nechta fotosuratlarni joylashtirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring