Polsha hududiga ikkita raketa borib tushdi — ikki kishi halok bo‘lgan
Polshaning Ukraina bilan chegaradosh hududiga ikkita raketa borib tushdi. Mamlakat bosh vaziri Mateush Moravetskiy hukumatning xavfsizlik va mudofaa qo‘mitasi favqulodda yig‘ilishini chaqirdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, raketa tushgan joy Lyublin shahri yaqinidagi don quritgichlar. Ikki kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.
Polsha qutqaruv xizmatlari raketa tushgan joy Pshevodov qishlog‘i ekanini tasdiqladi.
Tomashuv-Lyubelskiy aerodromidan Polsha harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyotlari osmonga ko‘tarilgan. Voqea joyiga armiya va prokuratura yetib kelgan, deyiladi Visegrad xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter