Pokiston «Tolibon» bilan muzokaralar boshladi. Gap nima haqida?

Pokiston toliblar bilan Afg‘onistonning inklyuziv hukumatini tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshladi.
Bu haqda Pokiston bosh vaziri Imron Xon o‘z Tvitterida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Dushanbeda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar rahbarlari bilan uchrashuvlardan so‘ng, u tojiklar, hazoralar va o‘zbeklar ishtirokida Afg‘onistonning inklyuziv hukumatini tuzish bo‘yicha toliblar bilan muzokaralar boshlagan.
I.Xonning ta’kidlashicha, bu mamlakatda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishiga hissa qo‘shadi. O‘zgarishlar nafaqat Afg‘oniston, balki butun mintaqaga foyda keltiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter