Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokiston hukumati o‘zbekistonlik haydovchilar uchun maxsus viza joriy etadi

Pokiston hukumati o‘zbekistonlik haydovchilar uchun maxsus viza joriy etadi

Pokiston hukumati o‘zbekistonlik haydovchilar uchun maxsus viza joriy etmoqchi.

Mamlakat Federal Savdo vaziri Navid Qamarning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda mazkur tartib Pokiston va Afg‘oniston haydovchilari uchun mavjud bo‘lib, kelishilgan shartlarga ko‘ra, har ikki davlat bir-birining yuk mashinalari haydovchilariga hech qanday to‘siqlarsiz chegaradan osongina o‘tishlari uchun olti oylik vizalar beradi.

Shuningdek, bu ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro tovar aylanmasi hajmini oshirishga ham yordam berishi ta’kidlandi.

Vazirning ta’kidlashicha, bu tartib kelgusida o‘zbekistonlik haydovchilarga ham amal qilishi rejalashtirilyapti.

«Ob’yektni O‘zbekistonga qadar kengaytirish bo‘yicha uchala davlat o‘rtasida kelishuv imzolanadi. Hukumatning maqsadi Pokistonni savdo, tranzit va yuk tashish markaziga aylantirish, Afg‘oniston va undan tashqaridagi aloqalarni ta’minlashdir.

Shu munosabat bilan Pokiston yaqinda O‘zbekiston bilan tranzit savdo shartnomasini imzoladi. Qozog‘iston va Tojikiston bilan keyingi tranzit savdo bitimlari bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda», – deydi Navid Qamar.

Pokiston vaziri, shuningdek, Markaziy Osiyoda eksportchilar uchun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz bir muddat oldin Turkmaniston hukumati ham o‘zbekistonlik yuk tashuvchilarga Turkmaniston hududi orqali tranzit yuk tashuvlarini amalga oshirishga ruxsat bergan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring