Poyezdda oltin yombilarini qoldirib ketgan odam qidirilmoqda — Shveysariya
Shveysariya politsiyasi poyezdda bir paket oltinni qoldirib ketgan odamni qidirmoqda. Oltinning jami qiymati 190 ming AQSh dollariga baholanyapti. Bu haqda CNN yozmoqda.
Oltin yombilari poyezd vagonida o‘tgan yilning oktyabrida topib olingandi.
Har qancha qidirilmasin, oltinning egasidan darak yo‘q. Keyinchalik bu yombilar prokuratura tomonidan musodara qilingan.
Qimmatbaho metallga da’vo qilish uchun oltinning egasi ixtiyorida besh yil bor.
Oltinning egasi kimligini aniqlash uchun qidiruv davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter