Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Peruning yap-yangi prezidenti iste’foga chiqdi

Peruning yap-yangi prezidenti iste’foga chiqdi

Foto: «Reuters»

Peruning yangi prezidenti Manuel Merino mamlakatda bir necha kun davom etgan norozilik namoyishlari va ularning qattiq tarqatilishidan so‘ng iste’foga chiqdi. Bu haqda siyosatchining o‘zi ma’lum qildi.

«Shuni ma’lum qilmoqchimanki, men respublika prezidenti lavozimidan ketyapman», — deya xabar bergan u.

Siyosatchining bayonoti RPP radiosida translyasiya qilindi.

Shanba kuni bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlarida ikki kishi halok bo‘ldi, 94 kishi jarohatlandi, ulardan 63 nafari shifoxonaga yotqizildi.

Peru kongressi avvalroq prezident Martin Viskarrani layoqatsiz deb topib, unga impichment e’lon qilish uchun ovoz berdi. U 2011-2014-yillarda Mokegua hududi gubernatori lavozimida ishlagan paytlarda pora olganlikda ayblanmoqda. Uning o‘rniga 10-noyabr kuni prezident lavozimini kongress spikeri egallagandi. Shundan so‘ng mamlakatda norozilik namoyishlari boshlanib, oltinchi kundirki tingani yo‘q. Peruning yangi prezidenti Merino iste’foga chiqishini e’lon qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring