Pensioner ayol qo‘shnilariga olti million yevro qoldirdi
Germaniyaning Valdsolms okrugida yashagan Renata Vedel vafotidan keyin qo‘shnilariga 6,2 million yevroni vasiyat qilib ketdi. Bu haqda mahalliy hokimlik saytida xabar berilgan.
Meros bankdagi hisob, aksiyalar, qimmatbaho buyumlar, uy va mol-mulkdan iborat.
Mahalliy hokimlik rahbarining aytishicha, dastlab vasiyat qilingan summa miqdoriga ishonmagan. «Avvaliga raqamlar orasida tinish belgisi tushib qolgan deb o‘yladim», dedi u.
Qo‘shimcha qilishicha, mablag‘ jamoat ob’yektlari va infratuzilma, jumladan velosiped yo‘llari, suzish havzasi, bolalar bog‘chalari va shunga o‘xshash narsalarga sarflanadi.
Renata Vedel 1975-yilda eri Alfred bilan Valdsolmsga ko‘chib o‘tdi. 2016-yilda eri vafot etganidan so‘ng, u Frankfurtdagi qariyalar uyida yashagan va 2019-yil dekabrda 81 yoshida vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter