Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya: tirik pensioner «o‘lik jonlar» hisobiga qo‘shib yuborilgan

Rossiya: tirik pensioner «o‘lik jonlar» hisobiga qo‘shib yuborilgan

Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida nafaqaxo‘r tasodifan ancha vaqtdan beri «o‘lik» ekanligini bilib qoldi. U buni bankomatdan pul olmoqchi bo‘lganida sezgan. Qurilma hisob egasining vafoti tufayli bloklangan kartani qaytarib bermagan.

«Ehtimol, mening qabrim ham bordir. Men hech narsani bilmasman».

Galina Kalashnikova nega uning maoshi va nafaqasi kartasiga tushmayotganini bilish uchun bor bankka borganida vafot etgani haqida xabar topadi. 

«Qanday qilib tirik odamni o‘lgan deb ro‘yhatdan o‘tkazish mumkin», — deydi nafaqaxo‘r.

Aslida Galina Nikolayevnaning adashi - Galina Mixaylovna Kalashnikova may oyida olamdan o‘tgan bo‘lgan. O‘lim byurosi nima uchun o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomada, tug‘ilgan yili va hatto otasining ismida boshqa manzil bo‘lganligini tushuntirib bera olmagan.

«Nega meni vafot etdi deb ro‘yhatdan o‘tkazishganini so‘radim. Ular Tergov qo‘mitasi va politsiyaga borasiz, chunki biz hujjatlarni politsiyadan olamiz», deb aytishdi.

Politsiyaning aytishicha, vafot etgan nafaqaxo‘r yolg‘iz yashagan, uning biror yaqini bo‘lmagan. Tuman politsiyasi xodimlari shaxsiy ma’lumotlarini qo‘shnilarining gap-so‘zlaridan yozib olishgan.

«Biz bunday odam borligini isbotlashimiz kerak»,— deydi Galina Kalashnikovaning jiyani Yelena Marchuk.

Rasmiylar nafaqaxo‘rning iyun va iyul oylari uchun nafaqasini to‘lab berishgan. Avgustdan odatdagidek nafaqa ola boshlashi mumkinligini ta’kidlashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring