Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-apreldan pensionerlar uchun bir qator imtiyozlar joriy etiladi

1-apreldan pensionerlar uchun bir qator imtiyozlar joriy etiladi

Foto: «Xabar.uz»

Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2022-yil 1-apreldan boshlab:

  • Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtiriladi.
  • Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan sharoiti og‘ir va kam ta’minlangan keksalarga shifokorlarning retseptlariga asosan 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalari, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi.
  • Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan og‘ir tashxisli kasalliklari hamda nogironligi bo‘lgan keksalarga shifokorlarning retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha bo‘lgan summasi kompensatsiya qilinadi. Bunda, dori vositalarining ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishiladi hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining qarori qabul qilingan kundagi dori vositalarining tegishli summasi kompensatsiya qilinadi;
  • Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan keksalarning jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi muassasalarda (stadion, sport zallari, basseyn va boshqa sport majmualari) jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun abonement xarajatlari qoplanadi. Bunda, abonement xarajatlarining bir oylik summasi bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan oshmagan holda sport yo‘nalishidagi muassasalarning hisob raqamiga o‘tkazib boriladi;
  • Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxlari to‘liq qoplab beriladi.

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligiga (S.T.Turdiyev) Moliya vazirligi (T.A.Ishmetov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (B.A.Musayev) bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur bandda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish va mablag‘ ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda qabul qilinishini ta’minlash topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring