Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nensi Pelosi «dahshatli o‘lim xavf solgan sayohat» haqida gapirdi

Nensi Pelosi «dahshatli o‘lim xavf solgan sayohat» haqida gapirdi

AQSh Kongressi Vakillar palatasi sobiq spikeri Nensi Pelosining Ukrainaga o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan tashrifi juda xavfli bo‘lganini aytdi.

Bu haqda The Hill nashri xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sayohat paytida u urush zonasiga tashrif buyurgan va o‘lishi mumkinligini tushungan.

«Bu juda xavfli edi. Biz bundan hech qachon qo‘rqmaganmiz, lekin urush zonasida bizga o‘lim xavf solib turgandi. Bizda kuchli himoya tizimi bor edi, ammo shunga qaramay urush davom etayotgandi», — dedi Pelosi.

Vakillar palatasining sobiq spikeri ta’kidlaganidek, tashrif davomida u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan gaplashgan. Pelosi Zelenskiyni «qo‘rqmas va jasoratli» deb atagan. 

Eslatib o‘tamiz, Pelosining 2022-yilda Tayvanga tashrifi ham keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring