Pashinyan Rossiyani «so‘zini bajarmaslikda» aybladi
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning aytishicha, uning mamlakati Rossiyaga qurol-yarog‘ uchun pul to‘lagan, lekin hech qachon qurol olmagan.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning o‘zi ham hozir qurolga muhtoj va Armaniston bu borada ishlashga tayyor.
Pashinyan muhokamalar aniq natijalar berishiga umid bildirdi. Uning aytishicha, mamlakat yetkazib berilmagan qurol uchun millionlab dollar to‘lagan.
Shuningdek, Pashinyan Armanistonning Rossiya oldidagi qarzini bir qismini yetkazib berilmagan qurol-yarog‘ hisobidan to‘lash taklifini ham bergan.
Eslatib o‘tamiz, sentyabrda Ozarbayjon Qorabog‘ni harbiy yo‘l bilan qaytarib olgach, Armaniston va Rossiya munosabatlari keskin sovuqlashdi. Jumladan, yaqinda bo‘lib o‘tgan KXShT sammitiga Armaniston vakillari bormadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter