Pashinyan COVID-19ga qarshi emlandi
Armaniston hukumat rahbari vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyan COVID-19ga qarshi emlandi. Bu haqda u «Facebook»dagi sahifasida ma’lum qildi.
«Bugun Anna (turmush o‘rtog‘i) bilan birgalikda koronavirusga qarshi emlandik», — deb yozgan u o‘zining akkauntida.
Siyosatchi va uning rafiqasiga qanday vaksina qilinganligi haqida xabar berilmagan.
Pashinyan Armaniston aholisini COVID-19ga qarshi emlanishga va poliklinikalardan faolroq yordam olishga chaqirdi. Uning fikriga ko‘ra, bu yil ko‘pgina mamlakatlar emlanmaganlarga cheklovlar qo‘ya boshlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter