Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Paragvay vaziri samolyot halokatida qurbon bo‘ldi

Paragvay vaziri samolyot halokatida qurbon bo‘ldi

Paragvayda xususiy samolyotning halokatga uchrashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «Haber7». Halok bo‘lganlar orasida Paragvay qishloq xo‘jaligi vaziri Luis Gneiting ham bor.

Milliy havo yo‘llari mutasaddisi Ryuben Aguilarning aytishicha, xususiy firmaga qarashli «Beechcraft Baron 58»rusumli samolyot Ayolas shahridan parvoz qilayotib poytaxt Asunson shahridan 380 kilometr g‘arbda botqoqlikka qulagan.

Halokatda Paragvay qishloq xo‘jaligi vaziri Luis Gneiting, vazir muovini Visente Ramires, uchuvchi va uning yordamchisi nobud bo‘lgan.

Voqea yuzasidan surishtiruv olib borilyapti.

Paragvay tashqi ishlar vazirligi halok bo‘lganlarning oila a’zolariga ta’ziya yo‘lladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring