Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Paragvay prezidenti iste’foga chiqdi

Paragvay prezidenti iste’foga chiqdi

Foto:«Depositphotos»

Paragvay prezidenti Orasio Kartes zudlik bilan iste’foga chiqishga qaror qildi. Bu haqda «Associated Press» ma’lumotlariga asoslanib, «Gazeta.ru» xabar qilmoqda.

Paragvay prezidentining vakolat muddati 2018-yil avgust oyida tugashi kerak edi. Lekin u senatdagi o‘rnini saqlab qolish maqsadida zudlik bilan iste’foga chiqdi.

Davlat rahbarligi vazifasini vaqtincha bajarish vakolati Alisiya Pucheta topshirildi.

Paragvay konstitutsiyasiga ko‘ra, mamlakatga prezident bo‘lgan shaxsga umrbod senatdagi o‘rnini ovoz huquqisiz egallash kafolati berilgan.

Parlamentlarga saylovlarda Orasio Kartes senatdan to‘liq o‘rin olgan va prezidentlik lavozimini zudlik bilan to‘xtatishga qaror qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring