Paragvay ham elchixonasini Quddus shahriga ko‘chirmoqda
AQSh va Gvatemaladan so‘ng Paragvay ham Isroil poytaxti Tel-Avivdagi elchixonasini Quddus shahriga ko‘chirishini ma’lum qildi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.
Paragvay tashqi ishlar vaziri Eladio Loyzaga mahalliy radiolardan biriga intervyu bera turib, tez orada Tel-Avivdagi elchixona Quddus shahriga ko‘chirilishini aytdi.
Paragvay hukumatidan ma’lum qilinishicha, shu yil 22-may kuni Paragvay prezidenti Horasio Kartes Tel-Avivdagi elchixonani Quddus shahriga ko‘chirish uchun Isroilga boradi va shu kuni elchixona ochiladi.
«Sakkiz oy avval Tel-Avivdagi elchixonamizni Quddus shahriga ko‘chirishni rejalashtirgan edik. Boshqa davlatlar elchixonalarini Quddus shahriga ko‘chirayotgani bizni qiziqtirmaydi», – degan Paragvay tashqi ishlar vaziri Eladio Loyzaga.
Bu holat Paragvay aholisining noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Ikki oydan keyin prezident lavozimini qabul qilib oladigan Mario Abdo Benitesning aytishicha, elchixonaning ko‘chirilishi haqida hech kim undan maslahat so‘ramagan.
Shu yil 14-may kuni AQShning Tel-Avivdagi elchixonasi Quddus shahriga ko‘chirilishiga qarshi uyushtirilgan namoyishlarda 62 nafar falastinlik fuqaro Isroil harbiylari tomonidan o‘ldirilgan, 3 ming kishi jarohat olgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter