Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Papua-Yangi Gvineyada ko‘chki qurbonlari soni 300 nafardan oshdi

Papua-Yangi Gvineyada ko‘chki qurbonlari soni 300 nafardan oshdi

Foto: Rg.ru

Papua-Yangi Gvineya shimolida yuz bergan ko‘chki qurbonlari soni 300 nafardan oshdi, deya xabar berdi Papua New Guinea Post Courier gazetasi.

Mamlakat poytaxti Port-Morsbidan 600 km olisda joylashgan Enga provinsiyasidagi Kaokalam qishlog‘ida 24-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 3:00 lar atrofida tuproq va toshlar o‘pirilishi sodir bo‘lgan. Ko‘chki oqibatida 1182 ta uy vayron bo‘lgan.

Foto: AFP / Scanpix / LETA

Reuters Avstraliya tashqi ishlar va savdo vazirligiga asoslanib yozishicha, ko‘chkidan kamida oltita qishloq jabr ko‘rgan. Ko‘chki katta yo‘lni to‘sib qo‘ygani uchun qidiruv-qutqaruv ishlari qiyinlashgan, hodisa joyiga faqat vertolyotlarda borish mumkin.

Foto: Reuters / Scanpix / LETA
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring