Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pandemiyadan eng ko‘p iqtisodiy zarar ko‘rgan mamlakatlar — Moody's

Pandemiyadan eng ko‘p iqtisodiy zarar ko‘rgan mamlakatlar — Moody's

Foto: «Lanka Leader.lk»

Moody’s Investors Service xalqaro reyting agentligi koronavirus pandemiyasi mamlakatlarga yetkazgan iqtisodiy zararlarni hisoblab chiqdi, yozmoqda RBK. 

Koronavirus hammadan ko‘p Shri-Lanka, Surinam, Laos, Hindiston, Tunis va Peru iqtisodiyotiga zarar yetkazgan.

Ayrim mamlakatlarni jiddiy iqtisodiy yo‘qotishlar chetlab o‘tishi mumkin, ularning yalpi ichki mahsuloti 2023-yilga borib pandemiyagacha bo‘lgan prognozlardan biroz pastroq, hatto balandroq ham bo‘lishi mumkin, deyishmoqda ekspertlar. Bular AQSh, G‘arbiy Yevropaning aksariyat mamlakatlari, shuningdek, Xitoy, Janubiy Koreya va Singapur.

Hisobotda Rossiya, Meksika, Braziliya va Avstraliya pandemiyadan nisbatan kamroq zarar ko‘rgan mamlakatlar sirasiga kiritildi (pandemiyagacha bo‘lgan YaIM bo‘yicha prognozlar 2 foizdan 8 foizgacha o‘zgarishi mumkin).

Pandemiya daromadlar qisqarishi, tengsizlikning chuqurlashishi, qashshoqlikning oshishiga olib keladi, deyiladi tahlilda.

Umuman olganda, Moody’s tahlilchilari bu yil jahon iqtisodiyoti 5,7 foizga o‘sishini chamalashyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring