Pandemiya tufayli Singapur aviakompaniyasi ikkita samolyotni restoranga aylantirdi
Singapurning «Singapore Airlines» aviakompaniyasi koronavirus pandemiyasi davrida ikkita «A380» samolyotini restoranga qaytadan jihozladi. Noyob muassasaga kirish chiptalari yarim soat ichida sotilib ketdi, deb yozadi «Bloomberg».
Samolyotlar faqat ikki kun — 24 va 25-oktyabr kunlari Changi aeroportida umumiy ovqatlanish muassasalari sifatida xizmat ko‘rsatadi. Lyuks klassdagi joy 642 Singapur dollariga baholandi — taxminan 4,9 million so‘m. Biznes-klassdagi joy sal arzonroq — 321 dollar yoki qariyb 2,4 million so‘m. Premium-ekonom klassi 96 dollar (725 ming so‘m atrofida), ekonom esa 53 dollar (taxminan 400 ming so‘m)ni tashkil etdi.
«Havo» restoranlari uchun taomnoma singapurlik oshpaz Shermey Li tomonidan ishlab chiqildi. Mehmonlarga ichimliklar bepul taklif etiladi. Xohlovchilar uchun esa aviakompaniya samolyot bo‘ylab sayohat uyushtiradi.
«A380» havo transporti 471 kishiga mo‘ljallangan. Pandemiya sharoitida esa mehmonlarning yarmigina restoran-samolyotga tashrif buyurishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter