Pandemiya jahon iqtisodiyotiga yetkazadigan zarar hisoblab chiqildi

Koronavirus pandemiyasi jahon iqtisodiyotiga 2020-yilda 5,8 trln.dan 8,8 trln. dollargacha zarar yetkazishi mumkin. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) buni hisoblab chiqdi.
Bank hisobotida 5,8—8,8 trln. dollarlik zarar global YaIMning 6,4—9,7 foiziga tengligi ko‘rsatilgan.
OTB hisob-kitoblariga ko‘ra, agarda pandemiya davom etsa va cheklovlar yarim yildan oshib ketsa ko‘riladigan zarar — 8,8 trln. dollar bo‘ladi, iqtisodiy faollik uch oy ichida tiklansa zarar kamroq bo‘ladi — 5,8 trln. dollar.
Pandemiyadan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi 1,7 trln. dan 2,5 trln. dollargacha, Xitoy 1,1 trln.dan 1,6 trln. dollargacha zarar ko‘rishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bank 3-apreldagi hisobotida koronavirus jahon iqtisodiyotiga yetkazadigan zarar 2 trln.dan 4,1 trln. dollargacha bo‘lishini prognoz qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter