Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozonning xavfi aniqlandi

Ozonning xavfi aniqlandi

Buyuk Britaniyaning Reding universiteti olimlari Yerni ultrabinafsha nurlardan himoyalovchi ozon atmosferaning quyi va o‘rta qatlamlarida to‘plansa xavfli issiqxona gazlariga aylanishini aniqlashdi.

Mutaxassislar 1955-yildan 2000-yilga qadar atmosferaning yuqori va quyi qatlamlarida ozon darajasi o‘zgarishlari imitatsiyasini modellashtirishdi. Ma’lum bo‘lishicha, ozon Antarktidaga tutash okean suvlarining isishiga sababchi bo‘lgan.

Shuningdek, atmosferaning yuqori qatlamlarida ozon darajasining kamayishi va aksincha, quyi qatlamlarda ko‘payishi o‘rtasida bog‘liqlik bor ekan. Bu hodisa oqibatida okean yuzasi ikki kilometr chuqurlikkacha isiydi. Ushbu holat issiqxona gazlari umumiy chiqarilishi ko‘payishi oqibatida qutboldi kengliklarida yuz beradi.

Ozon atmosferaning yuqori qatlamlarida ultrabinafsha nurlanish va kislorod molekulari natijasida shakllanadi, quyi qatlamlarda esa avtomobillarning tutuni va shunga o‘xshash ifloslantiruvchi moddalarning kimyoviy reaksiyasi hosilasi sifatida paydo bo‘ladi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring