O‘zbekistonliklarning Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati uzaytirildi
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘z fuqarolarining qo‘shni davlat hududida ro‘yxatdan o‘tmasdan o‘zaro bo‘lish muddatini 5 kundan 30 kunga oshirmoqda.
Zakon.kz nashrining yozishicha, 2000-yil 7-iyuldagi Fuqarolarning o‘zaro sayohat qilish shartlari to‘g‘risidagi ikki mamlakat hukumatlararo bitimiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma kecha, 31-yanvarda Qozog‘iston parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilindi.
Qozog‘iston IIV vaziri Erjan Sadenovning bildirishicha, Bayonnoma 2022-yil dekabr oyida ikki davlat rahbarlari tomonidan imzolangan.Ushbu hujjat ikki davlat fuqarolari uchun teng asosda, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tmasdan, 30 kunlik bo‘lish huquqini belgilab beradi. Ushbu muddat o‘tganidan so‘ng ular vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma olishlari kerak.
Xuddi shu tartib qozog‘istonliklar uchun ham amal qiladi, ya’ni O‘zbekiston tomoni ushbu hujjatni 2023-yil 25-aprelda ratifikatsiya qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter