O‘zbekiston Qirg‘izistondagi «Qambarota» GES-1 qurilishiga sarmoya kiritishi mumkin
O‘zbekiston va Qozog‘iston elektr energiyasi evaziga «Qambarota» GES-1 qurilishiga sarmoya kiritish niyatida. Bu haqda Jogorku Kenesh yig‘ilishida Qirg‘iziston Energetika vaziri Taalaybek Ibrayev ma’lum qilgan.
Vazir, shuningdek, ikki mamlakat kiritgan investitsiyasi evaziga nima olishiga ham aniqlik kiritib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qo‘shni ikki davlat oladigan elektr energiyasi miqdori ular kiritadigan sarmoyasiga bog‘liq. Oddiy qilib aytganda, ular qanday ulushda sarmoya kiritsalar, shuncha miqdorda elektr energiyasi oladilar.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6-yanvarida Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston energetika vazirlari «Qambarota» GES-1 qurilishi bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolagan edi.
Ma’lumot uchun, mazkur loyiha bilan kelgusida yiliga o‘rtacha 5,6 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter