Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston elchixonasi Janubiy koreyadagilarni ogohlantirdi

O‘zbekiston elchixonasi Janubiy koreyadagilarni ogohlantirdi

Xabaringiz bor 3 dekabr kuni Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilindi. Shu munosabat bilan mamlakatdagi O‘zbekiston elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi

"Bugungi kunda mamlakatda yuzaga kelayotgan ichki siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda, barchangizdan Janubiy Koreyada turli xil mitinglar va namoyishlarda ishtirok etmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka, o‘zingizning shaxsiy xavfsizligingiz va sog‘ligingizni ehtiyot qilishga chaqirib qolamiz", deyiladi xabarda.

Zarurat bo‘lgan holatda quyidagi telefon raqamga murojaat qilishingiz so‘raladi:

+82 10 3213 4505

+82 10 2909 4334

Eslatib o‘tamiz, 3 dekabr kuni Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol harbiy holat e’lon qildi. 

Mamlakatda siyosiy partiyalar, parlament faoliyati to‘xtatildi. Parlament harbiy holatni to‘xtatishga ovoz berdi. 

Seul ko‘chalarida harbiy texnikalar harakatlanmoqda, deyiladi OAV xabarida. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring