O‘zbekiston Afg‘onistondagi aeroportni qayta qurishga yordam beradi
O‘zbekistonlik mutaxassislar Mozori Sharif aeroportini rekonstruksiya qilishda yordam beradi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashevga asoslanib, Tolo News telekanali ma’lum qildi.
Aeroportni tiklash masalasi bo‘yicha Tolibon harakati vakillari va O‘zbekiston vakili o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Afg‘onistonga aeroportni qayta qurishda yordam berish uchun texnik mutaxassislar kelishi haqida kelishib olindi.
«Biz aeroportni qayta ochish va shikastlangan jihozlarni ta’mirlashda yordam berishga kelganmiz. O‘zbekistondan 30 nafar texnik mutaxassis olib keldik, ular uskunalarni ta’mirlamoqda va aeroportni qayta tiklamoqda. Aeroport tez orada qayta ishlay boshlaydi», — dedi Irgashev.
Bundan tashqari, o‘nlab afg‘onlar O‘zbekistonda o‘qitiladi va aeroportda ishlaydi.
«Mavlan aeroportida ishlayotgan 83 nafar texnik mutaxassis O‘zbekistonda o‘qitiladi», — dedi O‘zbekiston vakili.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter